2019-yil koronavirus infeksiyasi — COVID-19 — ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusini keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da, ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasi odatda shaxsdan-shaxsga yoʻtal va aksa berish davomida chiqariladigan tomchilar orqali yuqadi. Virusni yuqtirgandan keyin kasallik simptomlar yuzaga kela boshlagunicha oʻrtacha 5 kun oʻtadi. Bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Tashxis qoʻyishning standart uslubi burun boʻshligʻi yoki tomoqdan olingan suyuqlikni teskari transkripsiyali polimeraza zanjiri reaksiyasi yordamida tekshirishdan iborat. Shuningdek, bemorga simptomlar, risk unsurlari hamda pnevmoniya belgilarini aniqlash uchun kompyuter tomograf yordamida tashxis qoʻyish mumkin.
Koronavirusning grippdan farqi nima?
Koronaviruslarning oddiy gripp viruslaridan farqi shundaki, ular nafaqat inson balki, qush, mushuk, it, qoramol, tuya, choʻchqa va quyonlar kabi hayvonlarni ham shikastlaydi. Virus mazkur hayvonlar badanida genetik mutasiyaga yoʻliqadi. Buning natijasida uning xavfliligi, kuchliligi, oʻtkirligi va murakkabligi bir necha barobar ortib ketadi. Bunday viruslar yuqqan organizmda kasallik sindromlari tipik emas atipik xususiyat kasb etadi.
1. Xonadondan tashqariga chiqqanda.
2. Xonadonda shamollash alomatlari bo‘lgan bemor bo‘lsa, niqob bemorga taqiladi va u alohidalanadi (alohida xona yoki burchak).
3. Xonadonda shamollagan bemorni parvarishlovchi uning yaqinlari va bemorga qarayotgan tibbiy xodim ham tibbiy niqob kiyishlari shart.