7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori
Telefon: +998 70 71 6 29 77
Qabul kunlari: Dushanba — 1000 — 1200
Chorshanba — 1000 — 1200
1981-1992 yy. –Toshkent viloyati Chirchiq shahar 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariy fan bo’yicha o’qituvchisi.
1992 y. — h.v. — Toshkent viloyati Chirchiq shahar 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori.
— Muassasa faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, o‘quv-tarbiya jarayonlari va ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uni takomillashtirish;
— Ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, davlat va jamoat tashkilotlarida uning manfaatlarini himoya qilish;
— Muassisga moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
— Yillik o‘quv-tarbiya rejasini tasdiqlash va pedagogik jamoa tomonidan ushbu rejaning amalga oshirilishini nazorat qilish;
— Musiqa va san’at sohasidagi yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishga, uning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish;
— Pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilish;
— Ta’lim olayotgan o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish;
— O‘quvchilarni muassasaga qabul qilish, keyingi sinfga o‘tkazish va ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar berishni tashkil qilish;
— Ota-onalar bilan o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni tashkil qilish;
— Xodimlarga mehnat qilish va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, xodimlarning vazifalari va lavozim majburiyatlarini belgilash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish hamda o‘z vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
— Korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish, ishonchnomalar berish, turli yo‘nalishlardagi davlat va nodavlat jamg‘armalar bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritish.
7-sonli bolalar musiqa va san’at
direktorining o‘quv-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon: +998 70 71 6 29 77
Qabul kunlari: Dushanba — 1000 — 1200
Chorshanba — 1000 — 1200
1995 y.- Chirchiq shahar 7-son bolalar musiqa va san’at maktabida akkardeon yo’nalishi o’qituvchisi.
2010 y.- h.v. — Chirchiq shahar 7-son bolalar musiqa va san’at maktabida o’quv va marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.
-O‘quv-tarbiyaviy ishlar va ish hujjatlarining ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;
— O‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish;
— O‘qitish uslubini tahlil qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish;
— Pedagog xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishini nazorat qilish;
— O‘quv-tarbiyaviy, uslubiy ish rejalari, dars jadvali, ochiq darslar va mahorat darslari rejasi, sinov imtihonlari, pedagoglar haqida ma’lumotlar, o‘quv mashg‘ulotlari tarifikatsiyasini tuzish va tasdiqlash uchun muassasa direktoriga taqdim etish;
— Direktor bo‘lmagan vaqtda (mehnat ta’tili, kasalligi, xizmat safari va boshqa holatlarda ) uning vazifasini bajarib turish;
— Pedagog xodimlar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini, o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy hamda sinfdan tashqari ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
— O‘quv-tarbiyaviy ishlarningyillik va oylik rejalarini ishlab chiqish;
— Pedagog kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish;
— Pedagog xodimlarga metodik yordam ko‘rsatash, pedagog xodimlarning pedagogik faoliyatini tahlil qilish;
— Pedagog xodimlarning musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha taqvimiy
— Ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek yakka tartibdagi va guruh mashg‘ulotlari jadvalini tuzish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
— Pedagog xodimlarning ish vaqti hisobini olib borish, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
— O‘quvchilarning o‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish;
— Yakka tartibdagi va guruh jurnallarining belgilangan tartibda yuritilishini ta’minlash;
— O‘quv-yili davomida pedagog xodimlarning o‘quv yuklamalaridagi o‘zgarishlarni muvofiqlashtirib borish;
— Sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon: +998 70 71 6 29 77
Qabul kunlari: Dushanba — 1000 — 1200
Chorshanba — 1000 — 1200
2345677
— Xo‘jalik faoliyatini boshqarish, muassasada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun xonalar tayyor holda saqlanishini ta’minlash;
— Mablag‘lardan maqsadli foydalanish tadbirlarini o‘z vakolati doirasida ishlab chiqish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanilishini ta’minlash;
— Moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish, shartnoma majburiyatlarining belgilangan muddatida to‘liq bajarilishini ta’minlash, moliyalashtirishning qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan turli manbalari hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;
— Tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar tushumini to‘liq hisobga olish;
— BMSMga qo‘shimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablag‘larni jalb etish hamda xodimlar va o‘quvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
— O‘quv jihozlari, asbob-uskunalari va boshqa ta’lim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;
— Moddiy-texnik bazani rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qo‘shimcha ob’yektlarning texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganib borish;
— Yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning sinf xonalari va boshqa xonalar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini amalga oshirish;
— Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishli ravishda ko‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni muassasa direktoriga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va saqlanishini ta’minlash;
— BMSMga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchi tegishli bo‘lim hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlarini nazorat qilish;
-sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etish.
7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining bo’sh hisobchisi
Telefon: +998 70 71 6 29 77
Qabul kunlari: Dushanba — 1000 — 1200
Chorshanba — 1000 — 1200