2023-yil 22-mart kuni milliy cholg‘ular, ko‘p ovozli ansambl va orkestrlarning “NAVRUZ SADOLARI” nomlangan IX xalqaro musiqa ko’rik festivali bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xalq cholg’ulari ansambili 3 faxriy o‘rin va 3 000 000 so‘mlik sertifikatga sazovor bo‘ldi.
Yosh ijrochilar, o’qituvchilar va ota-onalarni g’alaba bilan tabriklaymiz! Sizlarga yanada ko’proq g’alabalar va ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




